Hamma foydalanishga ruxsat etilgan, Terminal, Faks, kassa qurilmalari, bankomatlar, aviabiletlar yoki boshqa shu kabi qurilmalarda ishlatiladigan termoqog’oz inson salomatligi uchun juda xavfli bo’lib chiqdi. Shuni ta’kidlab o’tamiz bu zaharlanish umuman hamma cheklarda bor. Olimlar 20 mingdan ortiq tajribalar o’tkazishdi va shundan keyingina ushbu xulosaga kelishdi.
Xulosa shuki ushbu chek qog’ozlari inson salomatligiga juda jiddiy ta’sir ko’rsatadi va uni zaharlaydi. Termoqog’ozda kimyoviy modda ishlatiladi va bu kelgusida quyidagi kasalliklar: saraton, qandli diabet, bepushtlik, miya nuqsonlari, chaqaloqlarni nogiron tug’ilishiga va boshqa 500 dan ortiq kasalliklariga sababchi bo’lishi 100% tasdiqlandi.
Mutaxassislar nimaga bu xulosaga kelishgan? Zamonaviy asrimizdagi barcha issiqlik qog’ozi ya’ni “termo qog’oz” lar o’zida kimyoviy modda “Bisfenol A” saqlaydi. Ushbu modda nimasi bilan farqlanishiga kelsak u zaharli modda hisoblanadi.
Olimlar bu haqida butun dunyoga bong urishdan oldin albatta juda ko’pgina tajribalar o’tkazishdi. Shunaqa tajribalardan biriga 24 ta ko’ngilli o’z ehtiyori bilan qatnashgan.
Ulardan qon, peshob namunalari tajribadan oldin va keyin ma’lum vaqt oraliqlarida olingan. Ularning ayrimlariga himoya qo’lqoplari bo’lgan, qolganlarida esa yo’q. Tajriba xulosasi, “Bisfenol A” toksinidan zaharlanish har 100 ta tajribadan 83 tasida 100% qo’lqopsiz chek bilan aloqada bo’lgan ko’ngillilarda aniqlangan.
Yana shuni aytib o’tishni joiz deb topdik, tajribada juda yuqori zaharlanishni, inson salomatligiga juda katta falokat, hatto o’nglab bo’lmas darajadagi holatlar “issiqlik qog’ozlari” bilan 1 soatdan ko’p aloqa qiladigan va buni har kun qiladigan insonlarda aniqlangan.
Ushbu qog’ozlar bilan 5 yoki 10 soniya aloqada bo’lgan insonlar bilan ham yuqoriga holatlar uchraydi faqat ular kamroq zaxarlanishadi.
Qisqa qilib shuni aytish kerakki zaharni tomchisi ham zahar!
Ushbu so’zlardan so’ng cheklar bilan aloqa qiladigan eng zamonaviy va mashhur shaharlarda ham qog’ozlardagi “Bisfenol A” miqdori tekshirildi. Unga ko’ra ushbu zaharli moddaning eng kam miqdori bor bo’lgan hudud Fransiya va Angliya bo’lib chiqdi va ularning ko’rsatkichi normadan 50% dan 75% yuqori darajada bo’lib chiqdi. Demak boshqa hududlardagi chek qog’ozlari haqida gapirib o’tirish shart emas.
Hozir rivojlanish jadal ketayotgan bir paytda qaysi mahsulotning tarkibida nima bor? Buni bilish ancha mushkul bo’lib qolmoqda.
“Bisfenol A” ni bolalar suv idishlarida ishlatish taqiqlangandi, lekin ushbu modda o’sha idishning qopqog’ida borligi aniqlangan.
Diqqat! Hushyor bo’ling.
“Bisfenol A” har hil quyoshdan himoyalovchi kremlar, atir upalar, sovunlar ta’sirida juda tez inson organizimiga so’riladi.
Oziq ovqatlar yaqiniga, chek qog’ozlarini solishni maslahat bermaymiz, undan so’ng chek bilan aloqada bo’lgach qo’lingizda “Bisfenol A” albatta qoladi demak qo’lni yuvmasdan ovqatlanish qaysidir dardli kassalikni darvozasini ochish bilan barobar.
Bu bilan biz sizni qo’rqitish niyatida emasmiz, shunchaki ogohlantirib qo’yish bizni burchimiz. Hech kim aytmasa bu dushmanni yo’qligini bildirmaydi.
Nima bo’lganda ham o’zingizni, o’z oila a’zolaringizni, hozirda hamma joyda uchratish mumkin bo’lgan ko’rinmas yovdan himoya qiling!
Cheklarni plastic xaltalarda saqlash imkoniyati mavjud, agarda shunga zarurat bo’lsa! Uyda bolalarni qo’li yetmaydigan joyda iloji boricha uyda saqlamaslikni yo’lini qidiring!