Kvebek universiteti olimlari «Titanik» halokatidan avval kemadan dengizga tashlangan bo’lishi mumkin bo’lgan shisha (butilka) ichidagi maktubni o’rganmoqda. Bu haqda universitetning saytida ma’lum qilingan deb yozadi Esquire.
Ma’lum qilinishicha, mazkur maktubni 2017 yilda Xoulvell-Roks qoyalari yaqinida dam olayotgan Shervuh oilasi qum orasidan topib olgan va topilmani mutaxassislarga topshirgan. Shishadagi xat 1912 yil 13 aprel kuni Matilda Lefevr tomonidan yozilgan.
Mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra, g’arq bo’lgan kemaning 3-klassida darhaqiqat shunday ismli yo’lovchi bo’lgan. Olimlar, shuningdek, qizning ayni vaqtda tirik bo’lgan qarindoshlari bilan ham bog’lanishga muvaffaq bo’lgan.
Onasi, ikki ukasi va opalari bilan Nyu-Yorkka ketayotgan 13 yashar Matilda Lefevrni otasi kutib olishi kerak bo’lgan. Ammo «Titanik»ning 14 apreldan 15 aprelgacha o’tar kechasi cho’kishi oqibatida Lefevrlar oilasi boshqa yo’lovchilar qatorida vafot etgan.
«Men bu shishani Atlantika o’rtasida dengizga tashlayapman. Biz bir necha kundan keyin Nyu-Yorkka yetib borishimiz kerak. Agar kimdir uni topsa, Leuvendagi Lefevr oilasiga xabar bering», — deyiladi Matildaning maktubida.