“KALAMUSh QIZ” ASLIDA BORMI?

Internetda onasi kanalizatsiyaga chaqaloqligida kanalizatsiyaga tashlab. 17 yil kalamushlar bilan yashagan qiz haqida suratlar bot-bot paydo bo’ladi. Uning izohida aytilishicha, qizni kalamushlar asrab olishgan va katta qilishgan. Albatta olimlar tomonidan kalamushlar ko’pgina jonivorlar singari begona kalamushlarning bolalarini asrab olib, katta qilishlari haqida faktlar mavjud.
Mazkur topilmani esa internet foydalanuvchilari “XX1 asr mauglisi” deb atashgan. Yana bir internet xabarda esa ushbu qizaloq Muqaddas Quronni yirtib, toptagani uchun Alloh o’sha zahoti uni kalamushga aylantirib qo’ygan.

Aslida esa mazkur surat fransiyalik xaykaltarosh Patritsiya Pikkinini ( Patricia Piccinini)ning «Leather Landscape» deb nomlangan ko’rgazmasidan olingan. Patritsiya odamlarni xarakteri jihatidan hayvonlarga o’xshatma qilib yasaydi va bu bilan insoniyat tirik tabiatning bir bo’lagi ekanligini, hech bir jonivorni qiynash va o’ldirishga haqqi yo’qligini aytishga harakat qiladi.

ekologuz

“KALAMUSh QIZ” ASLIDA BORMI?
loading…