Jurnalist «qiyomat qoyim»ga mo'ljallangan ovqatni sinab ko'rdi va afsus qildi

Amerikaning Vice jurnali muallifi Jastin Kaffer mashhur teleboshlovchi Jim Bekker tomonidan qiyomat qoyim vaqtida sotib olish tavsiya qilinadigan ovqatni yeb ko’rishga urindi. Tajriba yakunlari haqida Kaffer jurnalda ma’lum qilgan.

Bekkerning mahsulotlari kichkina chelaklarda sotiladi. Ularda ovqatni mustaqil tayyorlash uchun tez parchalanmaydigan masalliqlar solingan paketlar bor. Jurnalist 196 porsiyaga mo’ljallangan chelakni sotib olgan. Ishlab chiqaruvchi masalliqlardan turli xil meksikacha taomlar tayyorlashni taklif qiladi. To’plam 30 kunga mo’ljallangan, biroq Vice xodimi bir haftaga chiday olmadi.

Kafferning so’zlariga ko’ra, u qanchalik ovqat va sous bilan tajriba qilishga urinmasin, o’zini alday olmagan. Ovqat shirin bo’lmagan va undan huzurlanish imkonsiz bo’lgan. Besh kun davomida faqat ichimliklar uni qutqarib qolgan.

Daryo.uz