1. Agar kuniga 4 chashkadan kofe ichsangiz, jigar sirroziga uchrash va buyrakda tosh yig’ilish xavfi kamayib borarkan. Bundan tashqari, kofe Alsgeymer va Parkinson xastaligiga chalinishni ham 60 foizga kamaytiradi.
2. Yer ustida yashovchi toshbaqa turi bilan uzoq muddat tillashsangiz, u sizning qiyofangizni xotirasida saqlab qoladi va olis masofadan turib ham suhbatdoshini taniydi.
3. Dunyoda chumolining 9000 ta turi mavjud. Darvoqe, chumolilar hech qachon uxlamaydi.
4. Kuyaning ba’zi turlari organizmini namlik bilan hayvonlarning ko’z yoshlarini so’rish orqali ta’minlaydi.
5. Fransuzlar kabutarni «Qanotli kalamush» deb ataydi.
6. Peru kalamushi «Shinshilla» dunyodagi eng qimmat turadigan kemiruvchi hisoblanadi. Bu kalamush erkagining vazni voyaga yetgach, yarim kilogrammgacha yetadi.
7. 1945 yili g’alaba bayramida «Yo’lbars» laqabli itni Stalinning kiteli ustiga o’tqazgan holda olib o’tishgan. Bu iskovuch it urushda 7468 ta mina va 150 ta snaryadni topib minglab askarlar va fuqarolarni o’limdan asrab qolgan.
8. Moskva Kremli o’rta asrlarda eng katta qal’a hisoblangan. Kreml devorining uzunligi 2 kilometr 235 metrga teng.
9. Agar koinotdagi galaktikalarni sanashga kirishsak va ularning har biri uchun 1 soniyadan vaqt sarflasak, sanashni 4755 yilda tugatishimiz mumkin.
10. 2003 yili boks va shaxmatni o’zida mujassam etgan sport turi rasman qabul qilingan. Bu sport turini «Shaxboks» deb atashadi.
kade. onlayn
Olimjon HAYIT tayyorladi