1. Ayiq juda aqlli jonivor. Masalan, qopqon qo’yilgan bo’lsa, uni zararsizlantirish uchun qisib qoladigan yeriga tosh tiqib qo’yadi va aldab ilintirish niyatida qo’yilgan oziqni ustalik bilan yeb ketadi.
2. Akula organizmi o’zidan suvdagi tuz miqdorini me’yorlashtirishga yo’nalgan maxsus modda ishlab chiqaradi. Shuning uchun okean suvining ifloslanishi akula uchun qo’rqinchli hisoblanmaydi.
3. Bir kuni Xeminguey birov bilan oltitagina so’zdan iborat, ammo har qanday odamni hayajonga sola oladigan hikoya yoza olishi boisida bahslashib qoldi va yutib chiqdi. Uning oltita so’zdan iborat hikoyasi quyidagicha edi: «Bolalar botinkalari sotiladi. Bir martayam kiyilmagan.»
4. Odam miyasining axborot qabul qilish imkoniyati 4 terabaytga teng.
5. Odam tanasidagi oltingugurt itga yopishgan barcha bitlarni o’ldirishga yetadi, ugleroddan 900 ta qalam yasasa bo’ladi, kaliy bir marta o’yinchoq zambarakdan o’q otish uchun yetarli, yog’dan 7 ta sovun yasash mumkin, suv esa 50 litrli bochkani to’ldirishga yetadi.
6. Xitoyda sadoqat ramzi sifatida bo’lg’usi kelin-kuyov bir-biriga choy hadya qiladi. Buning ma’nisi shuki, choy o’simligini bir yerdan boshqa joyga olib o’tqazsangiz, hech qachon ko’karmaydi.
7. Afrikadagi Makua qabilasida bir odat bor. Kuyov o’zi uylanmoqchi bo’lgan qizga mayda, juda chiroyli toshchalar jamlanmasini olib keladi. Agar qiz unga turmushga chiqishga rozi bo’lsa, bu toshchalarni kuyovning qo’lidan og’zi yordamida qabul qilib oladi.
8. Xitoyda suvga cho’kayotgan odamni qutqarib olish taqiqlangan. Bu mamlakatda suvga cho’kayotgan odam hayotiga o’zboshimchalarcha aralashish hisoblanarkan.
9. Malayziyadagi Saravak g’ori shu qadar kattaki, «Boeing 747-200» samolyotini bemalol sig’dira oladi.
10. Dunyoga mashhur aspirin tabletkalarini 1897 yili germaniyalik Feliks Xoffman o’ylab topgan.
nicetrip.kz/ru
Olimjon HAYIT tayyorladi