1. Koinotdagi har bir galaktikani sanash uchun bir soniyadan vaqt ajratilsa, bu 4755 yilga teng bo’ladi.
2. Go’daklar 1 oylikdan 3 oylikkacha bo’lgan muddatda ko’z yosh to’kmasdan yig’lashadi.
3. Charlz Osborn ismli odamni 69 yil to’xtamasdan xiqichoq tutgan.
4. Har besh yilda ayol ishlatgan lab bo’yog’ini idishga joylash zarurati tug’ilsa, shu ayolning bo’yi barobar idish kerak bo’ladi.
5. Dunyo bo’yicha har daqiqada jami 2500 tonna axlat uyumi paydo bo’ladi.
6. Amerikaliklar mushukka ovqat sotib olish uchun o’z farzandlarini boqishga ketadigan puldan sezilarli darajada ko’p pul sarflashadi.
7. Bulut 500 tonnagacha sof vaznga ega bo’la oladi.
8. Agar odamning butun umr ishlab chiqargan so’lagini bir joyga yig’ilsa, o’rtacha kattalikdagi ikkita basseyn liq to’ladi.
9. Erkaklar hayoti davomida soqol olish uchun 3350 soat vaqt sarflaydi. Shu muddat ichida olingan soqol hajmi 8, 4 metrga teng bo’ladi.
10. Inson umri davomida ovqatlanish uchun jami 5 yil vaqt sarf etadi.
kade. onlayn
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit