KUN KULGISI…

* * *

Tish do’xtiri huzurida.

— Kechiring, boshqa tishingizni sug’urib qo’ydim! Endi baribir og’rigan tishingizniyam sug’urishga to’g’ri keladi.

— Do’xtir, qanday baxt! Yaxshiyam ko’z do’xtiri emassiz-a!

* * *

Tug’ruqxona qabulxonasida ikki erkak hasratlashishyapti:

— Vey, ta’tilning rasvosi chiqdi!

— E, bizniki-chi, bizniki? Xotinim tug’ib asal oyimiz keyinga surildi.

* * *

Yangi boyning xotini uy xizmatchisini ishga qabul qilyapti.

— Siz avvalgi ish joyingizdan nega ketdingiz?

— Bir kuni xo’jayinning bolasini cho’miltirish esimdan chiqib qolibdi.

Vannaxonadan bolaning qichqirig’i eshitildi:

— Oyi, shu xolani ishga olamiz!

* * *

Ikki sigirni kushxonaga olib kelishgandi. Biri ikkinchisidan so’radi:

— Bu yerga birinchi kelishingmi?

— Yo’q, ikkinchi kelishim.

* * *

Kichkina bola kafeda bir yigitning yoniga keldi.

— Amaki, siz kursantmisiz?

— Sen qaerdan bilding?

— Mening dadam ham choyni pichoq bilan kovlab o’tiradi.

* * *

Uy egasi ijarada turadigan talaba qizdan so’radi:

— Akang yoningga kelmay qo’ydimi?

— E, u yaramas o’ziga boshqa singil topibdi.

* * *

— Ayting-chi, mana shu qal’ada arvoh bormi?

— Hamma shunday deydi. Lekin men mana oz emas, ko’p emas, sakkiz yuz yildan beri shu yerda yashayman, arvohga ko’zim tushmagan.

* * *

— Men ham dadamga o’xshab oyiga ming dollar pul topishni orzu qilaman.

— Dadang oyiga shuncha pul topadimi?

— Yo’q, u kishi ham orzu qiladi.

* * *

Tun. Eshik taqilladi. Erkak uyqusirab so’radi:

— Kim u?

— Jan Klod Van Damm!

— Shoshmay tur, to’rtalangniyam adabingni beraman hozir!

* * *

Bola uyquga yotishdan avval Xudoga nola qilyapti:

— Xudoyim, shunday qilginki, Anqara Finlandiyaning poytaxti bo’lib qolsin!

Ona:

— O’g’lim, nima bo’ldi?

— E, geografiyadan dars tayyorlayapman.

Olimjon HAYIT

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit