1. Yeryong’oq dinamitga qo’shiladigan ingredientlardan biri hisoblanadi.
2. Ko’zlarimiz tug’ilgandan to o’lguncha hajmini o’zgartirmaydi. Ammo burun va quloqlar o’sishda davom etadi.
3. Odam tanasidagi eng baquvvat mushak tildir.
4. Dunyodagi jami baqlajonning uchdan ikki qismi Nyu-Jersida yetishtiriladi.
5. Mushukning har bir qulog’ida 32 tadan mushak mavjud.
6. Yo’lbarsning nafaqat yungi ola-bula, balki terisi ham shunday ko’rinishda bo’ladi.
7. «Norvegiya» so’zi «Shimolga yo’l» ma’nosini beradi. Ma’lumotlarga ko’ra, bu mamlakat ko’plab ming yillar oldin to’liq muz bilan qoplangan ekan.
8. Rossiyada XVIII asrgacha yangi yilni sentyabr va mart oylarida nishonlashgan. 31 dekabrdan 1 yanvarga o’tar kechasini yangi yil bayrami sifatida imperator Petr Birinchi e’lon qilgan. Ammo 1898 yilga qadar 1 yanvar ish kuni hisoblangan.
9. Qadimiy Hindistonning tili sanskrit hisoblanadi. Ammo bu o’lik til emas. Odamlar bir-biri bilan sanskrit tilida ham gaplashishadi. Mamlakatda faqat sanskrit tilida kitoblar chop etadigan nashriyot ham bor. Qolaversa, sanskrit ibodat qilinadigan yagona til hamdir.
10. Kitning sutida odamnikiga nisbatan 10 barobar ko’proq yog’ mavjud.
facte. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit