Yigit qiz bilan tanishmoqchi:
— Yaxshi qiz, yoshingiz nechida?
— Qiz bolani yoshini so’rash odobsizlik…
— Unaqada, tug’ilgan kuningiz qachon?
— 15 yanvarda.
— Qaysi yili?
— Ishonasizmi, har yili!
***
Bir kuni mast er uyga kelib eshikni taqillatibdi:
Er:
— Men go’zal ayolga gul olib keldim!
Xotin eshikni ochib qarasa gul yo’q:
— Qani gul??
— Qani go’zal ayol???
***
Afandi dadasiga debdi:
— Dadajon, ikkita yangiligim bor. Biri yaxshi, ikkinchisi yomon. Qaysi biridan boshlay?
Dadasi:
— Yaxshisidan boshlayqol!
Shunda afandi:
— Yangi olib bergan mashinangiz zo’r ekan. Poygada u bilan albatta sovrinlarni qo’lga kirita olaman. Yomon xabarni aytsam, shu olib bergan mashinangiz bilan Kaptivani orqasidan yetib olibman, – debdi.
***
Kichkina bolakay dadasiga:
— Dada, uylanish uchun qancha pul kerak?
Dadasi onasiga pul berayotgan ekan:
— Bilmayman, men hali ham to’layapman.