Islom Karimovga oid 53 yillik surat taqdim etildi (+Foto)

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning oilaviy suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirib bormoqda.

Islom Karimovga oid 53 yillik surat taqdim etildi (+Foto)

Kuni kecha fondning Instagram’dagi sahifasiga Islom Karimov dunyoga kelishidan 10 yil avval olingan Karimovlarning oilaviy surati joylashtirilgan edi. Ushbu suratda Islom Karimovning ota-onasi va opa-akalari tasvirlangan.

Fond Islom Karimovning yoshlik davrlariga oid yana bir fotosuratni ommaga havola etdi.

Islom Karimovga oid 53 yillik surat taqdim etildi (+Foto)

Ushbu surat bundan 53 yil ilgari, 1965 yilda olingan. O’sha payt Islom Karimov 27 yoshda edi. Suratda Islom Karimov aka-ukalari Quddus, Ibodullo, Xurshid tasvirlangan. Ushbu foto Samarqand shahrida olingani ma’lum. Bu haqida avval xabar bergan edik

Islom Karimov oilasida sakkiz farzand voyaga yetgan: bir qiz Mehriniso va yetti aka-uka – Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid.

Fond tarqatgan ma’lumotlarda keltirilishicha, Karimovlar oilasida barcha o’g’il farzandlar oliy ma’lumot olgan. Ulardan uch nafari maktabni oltin medalga bitirgan, uch nafari fan nomzodi bo’lgan – Ibod G’aniyevich, Quddus G’aniyevich va Islom Abdug’aniyevich. Keyinroq Islom Karimov akademik darajasini ham olgan.

 

manba: qalampir.uz