“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda jarohat tufayli mavsum erta yakunlangani haqida fikr bildirdi.
31 yoshli braziliyalik o’zining ijtimoiy tarmog’ida qo’ltiq tayoqchada turgan suratini ilova qilib, «Men bundan ham kuchliroq qaytib kelaman» deb yozdi.
Eslatib o’tamiz, braziliyalik hujumchi fevral oyida to’pig’ini jarohatlagan edi. Bu parijliklarning Liga 1 doirasidagi «Lill» bilan o’yindagi (4:3) g’alabasi vaqtida ro’y berdi.
Izohlarni ko`rish