AQSh ma’muriyati 1963 yil AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o’ldirilishi bilan bog’liq yangi materiallarni e’lon qildi.
AQSh Milliy arxivlar va yozuvlar boshqarmasi veb-saytida avval maxfiy bo’lgan 13 mingdan ortiq hujjatlar e’lon qilingan bo’lib, ularning barchasini ko’rish va yuklab olish mumkin.
«Hujjatlar to’plamining asosiy qismi 1990 yillarning oxiridan boshlab hech qanday cheklovlarsiz ommaga taqdim etilgan. Endi bugungi nashrdan so’ng barcha materiallarning 97% dan ortig’ini ochiq manbadan ko’rish mumkin», — deydi AQSh Milliy arxivi matbuot xizmati.
Izohlarni ko`rish