Evropa futbol klublarini qiziqtirgan braziliyalik Endrik oxir-oqibat “Real Madrid”ni tanladi. Klub 16 yoshli futbolchining transferi bo’yicha kelishuvni rasman e’lon qildi.
Endrik “Madrid” ga faqat 18 yoshga to’lganda, ya’ni 2024 yilning iyul oyida ko’chib o’tishi mumkin. Bu vaqtgacha hujumchi o’z vatanidagi “Palmeyras” jamoasidagi o’yinlarini davom ettiradi.
Madridliklar yigitning transferi uchun 60 million yevro to’laydi: 35 million allaqachon “Palmeyras”ning hisobiga tushdi, yana 25 millioni esa bonuslar. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining maoshi yiliga 2 million yevroni tashkil qiladi. Uning shartnomasi 2027 yilgacha mo’ljallangan va yana uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Endrik 2022 yilgi ichki chempionatda “Palmeyras” safida 7 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.