Jiddiy nuqson bilan tug'ilgan chempionlar! Ularga bolaligida “hech narsaga yaramaydi” degan tashxis qo'yilgan…

Bir bolakayning tug’ilganidan chap oyog’i o’ngidan 6 sm kalta edi. Shunda shifokorlar unga: “Yurishni ham eplasang katta gap!..” – deyishdi. U esa ulg’ayib, futbol bo’yicha jahon chempioni bo’ldi. 2 marta!

Ikkinchi bolaga kichkinaligida yurak yetishmovchiligi tashxisini qo’yishdi va jismoniy tarbiya darslaridan doimiy ozod qilishdi. U katta bo’lib, xokkey bo’yicha jahon chempioni bo’ldi. 8 marta!

Uchinchi bolakay 11 yoshida bo’y gormoni yetishmagani tufayli bo’y va vazn borasida tengdoshlaridan ancha ortda qolib yurardi. U keyin FIFAning dunyodagi eng yaxshi futbolchiga atalgan «oltin to’p»ini oldi. 6 marta!

To’rtinchi yigitchaga 21 yoshida atigi ikki yillik umri qolganligini aytishdi. U esa 76 yoshgacha yashadi. U yozgan kitob 10 millionlab nusxada nashr etildi.

Yulduz Teshayevaning

“Facebook”dagi sahifasidan.

Jiddiy nuqson bilan tug'ilgan chempionlar! Ularga bolaligida “hech narsaga yaramaydi” degan tashxis qo'yilgan…
loading…