Jeyms Uebb kosmik teleskopi Yerdan 250 million yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan ikki galaktikaning birlashishini suratga oldi. Serpens yulduz turkumida joylashgan ob’yekt Arp 220 deb nomlandi.
Galaktikalarning birlashishi uzoq vaqtda sodir bo’ladi. Astronomlar galaktikalar 700 million yil avval birlasha boshlaganini taxmin qilishdi. Ular Somon yo’liga o’xshash spiral shaklga ega.
Birlashishning boshida gaz va changning ko’pligi yangi yulduzlarning qizg’in tug’ilishiga olib keldi. Yulduz shakllanishi, ayniqsa, chang bilan to’ldirilgan markaziy hududlarda faol bo’ladi.
“Ushbu kichik hududdagi gaz miqdori butun Somon yo’li galaktikasidagi barcha gazlar miqdoriga teng”, deb ta’kidladi olimlar.
Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, 200 dan ortiq yulduz klasterlari atigi 5000 yorug’lik yili bo’lgan hududda joylashgan. Arp 220’ning markaziy yulduz hosil qiluvchi halqasi yorqin nur chiqaradi.