JAR Afrikaning janubiy qismida joylashgan bo’lib, uning ikki tomonini ikkita okean o’rab turadi. Mamlakat Namibiya, Botsvana, Zimbabve, Mozambik hamda Esvatini bilan chegaradosh. JAR o’ziga hos va ko’p millatli mamlakat hisoblanadi. Bu yerda 11ta davlat tili va 3ta poytaxt mavjud. 

JAR: ko’pchilikka ma’lum va noma’lum Afrika

Hayot tarzi

JAR Afrika mamlakatlari orasida eng ko’p oltin oladigan mamlakat sanaladi. Bu yerda bir yil davomida 190 tonna oltin qazib olishadi. Oltin qazib olish JARning xalqaro iqtisodiyotidagi muhim o’rinlarga chiqib olishi uchun yordam bergan. Shu bilan bir qatorda mamlakatda qishloq xo’jaligi hamda vinochilik  ham yaxshi rivojlangan. JAR jamoat transporti tizimi a’lo darajada shakllantirilgan yagona Afrika mamlakati hisoblanadi.

JAR: ko’pchilikka ma’lum va noma’lum Afrika

O’lkada aholining 99%ida haydovchilik guvohnomasi bor. Yo’l harakatiga amal qilish madaniyati ham o’ta oliy darajada. JARning ichimlik suvi sifati bo’yicha yetakchi o’rinlarda turadi. Bu o’lkada kran ostidagi suvni ham qaynatmay ichish mumkin. Mamlakat hududida tarixdagi ilk yurak ko’chirish operatsiyasi o’tkazilgan. 1967 yilda bo’lib o’tgan jarrohlik kardioxirurg Kristian Bernard tomonidan amalga oshirilgan edi.

JAR: ko’pchilikka ma’lum va noma’lum Afrika

Diqqatga sazovor joylari

“Ajdaho” tog’i

Ushbu tog’ mamlakatning o’ziga hos timsoli bo’lib, bunday nomga tog’ atrofidagi bulutlar sabab bo’lgan. Aytishlaricha tog’ bag’rida ajdaho yashaydi va u odamlardan berkinib hayot kechiradi. U hosil qiladigan bug’ hudud atrofida yig’ilib qolar emish. Mazkur tog’da foydali qazilmalar haddan tashqari ko’p. Uning bag’rida bir qancha qo’riqxonalar joylashgan.

JAR: ko’pchilikka ma’lum va noma’lum Afrika

Kryuger

Bu mamlakatning eng mashxur milliy bog’i bo’lib, 2 million gektarlik hududdan o’rin olgan. Bog’ ma’muriy jihatdan 14 ta ekozonalarga bo’lib qo’yilgan. Bu yerda turli hil jonivorlar hayot kechirishadi. Ulardan eng mashxurlari esa sher, karkidon, buyvol, fil va leoparddir.

JAR: ko’pchilikka ma’lum va noma’lum Afrika

“Tugela” sharsharasi

“Tugela” sharsharasi esa dunyodagi eng baland sharsharalar reytingida Anxeldan keying ikkinchi o’rinni egallaydi. U Natal qirollik milliy bog’i ichida joylashgan. Suvning pastga tushish balandligi 948 metrni tashkil qiladi.

JAR: ko’pchilikka ma’lum va noma’lum Afrika

JAR haqida qiziqarli faktlar

Mamlakat hududida mahalliy o’simliklarning 1800 xil turi mavjud.

JAR odamlari dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish ko’rsatkichlari bo’yicha dunyodagi yetakchi o’rinlardan birida turadi.

JAR hududidagi eng yirik shahar Yoxanesburg hisoblanadi.

Ushbu mamlakat odamlarining mentaliteti slavyan xalqlariga o’xshab ketadi.

JAR: ko’pchilikka ma’lum va noma’lum Afrika

Tarixda faqatgina bir marta 3 nafar nobel mukofoti sovrindori bir ko’chada iste’qomat qilgan va bu ko’cha aynan JAR da bo’lgan.

Mamlakat hududidan topilgan inson qoldiqlarining yoshi160 000 yilga teng ekani aniqlangan.

“Kullinan” nomli eng yirik olmos JAR hududida qo’lga kiritilgan.

JAR: ko’pchilikka ma’lum va noma’lum Afrika