1-qoida

Eng avvalo yarim kechagacha televizor ko’rmaslikni tavsiya qilgan bo’lardik. Chunki yarim tungacha televizor qarshisida o’tirgan kishi barvaqt turolmasligi tabiiy. Kechasi beriladigan filmlar yoki teledasturlar ko’pincha dam olish kunlari takroran namoyish etiladi. Demak, siz o’sha ko’rmoqchi bo’lgan teledastur yoki filmni dam olish kuni ham bemalol tomosha qila olishingiz mumkin. Faqat buning uchun dam olish kunlaridagi rejangizga buni kiritib qo’ysangiz bas.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

2-qoida

Yodingizdami, maktabga boradigan paytingizda ota-onangiz maktabga tutadigan portfelingizni kechqurun tayyorlab qo’yishga majbur qilishardi. Siz bugungi kunda ham shu ishni takrorlashingiz mumkin, faqat maktab sumkasi o’rniga ertangi ishga kiyib boradigan kiyim kechaklaringiz va sizga yana kerak bo’ladigan boshqa buyumlarni daxlizga tayyorlab qo’ying. Uyquga yotishingizdan avvalroq ularni tayyorlab qo’ysangiz, ertalabki 15-20 daqiqa vaqtingizni tejagan bo’lasiz.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

3-qoida

Ertalablari siz ishga borish taraddudiga qancha kam vaqt ajratsangiz, shuncha ko’p hotirjam bo’lasiz. Bir o’ylab ko’ring, ertalab ishga kiyiladigan kiyim yoki boshqa narsani qidirib, ishga kechikayotganingizni sezib tursangiz ko’proq asabiylashasiz. Bu esa yaqinlaringizga ham ta’sir o’tkazmay qolmaydi. Ertalabdan oila a’zolaringizni asablarini buzmasdan, aksincha ular bilan bir piyola choy ustida shirin suhbat qurishga nima yetsin!

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

4-qoida

Yotog’ingizda gimnastika qilishga o’rganing. Qanday qilib deysizmi? Yaxshilab kerishing, belingizni bir necha marta buking, qo’l-oyoqlaringizni tepaga ko’tarib yana pastga tushiring, eng so’nggi bosqichda quloqlaringizni uqalang. Bundan muolajalar sizni uyqu holatidan tezda o’zingizga kelishga, shuningdek organizmdagi qon aylanishi yaxshilanishida katta ko’mak beradi.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

5-qoida

Ertalab uyg’onganingiz bilan derazani ochib, xonangizning havosini almashtiring. Bu usul ham insonni uyqusiramaslikka dav’at etadi. Yuzingizni esa sovuq suv bilan yuvishni maslahat beramiz.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

6-qoida

Agar siz jamoat transportidan foydalansangiz, unda uyingizdan 30-40 daqiqa avvalroq chiqishga harakat qiling. Sababi, avtobus yoki boshqa jamoat transportlari ba’zan belgilangan vaqtdan ertaroq yoki kechroq kelishi mumkin.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Ishingiz orqali boyib ketishni istasangiz, ishga hammadan erta kelib, hammadan kech ketish kerak, deyishadi mashxur millionerlar. Mabodo siz bunday yo’lni istamasangiz, ishga vaqtida kelishni o’rganing. 

Amerikalik tadqiqotchilarning dunyo bo’ylab olib borgan tadqiqotlarida, ma’lum bo’lishicha, ishga kechikuvchilar orasida yoshlar ko’pchilikni tashkil etarkan, 50 yosh va undan kattalar orasida bu holat kam uchrar ekan. Demak, yoshi ulg’aygani sari inson o’z ish joyiga masuliyat bilan qarar ekan.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi