Janubiy Koreyada ham korrupsiya bormi deb, ko’p so’rashadi. Ha, bor. Korrupsiya tufayli Janubiy Koreyaning 9 ta prezidenti yo qamalgan, yo qochgan, yoki o’zini o’zi o’ldirgan. Ularning tarixi juda qiziq.
SYNGMAN RHEE (1948-1960).Koreyaning birinchi prezidenti. Saylovdagi qalbaki ovozlar va korrupsiya sababidan yuzaga kelgan noroziliklar tufayli Gavayi orollariga juftakni rostlaydi va o’sha yerda 1965 yilda vafot etadi.
PARK CHUNG-HEE (1961-1979). Koreyani oyoqqa turg’izgan prezident. O’sha paytlari endi emaklashni boshlagan ulkan elektronika kompaniyalari foydasiga ko’plab qarorlar chiqaradi. Monopoliya gullab yashnaydi. Xalq noroziligi kuchayadi. Natijada, 1979 yilda o’zining tansoqchisi tomonidan bazm ustida otib tashlanadi.
CHUN DOO-HWAN (1980-1988). Koreyaning ilk harbiy prezidenti. Seuldagi tinchlik namoyishlarini shavqatsizlarcha bostirgan. Uning ketidan, konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirish tufayli harbiy diktatura barham topadi. CHUN esa korrupsiya va xizmat vakolatlarini suiste’mol qilgani sababli javobgarikga tortilib, tog’lar orasidaga budda ibodatxonasiga uy qamog’iga badarg’a qilinadi. Keyinchlik unga o’lim jazosi tayinlanadi.
ROH TAE-WOO (1988-1993). Yuqoridagi CHUN ning do’sti, harbiy safdoshi. Qisqa muddatda ulkan korrupsion jinoyatlarni amalga oshirgan. Sud tomonidan 22 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Keyinchalik, 1997 yilda bu ikki hamtovoqlar esa boshqa prezident tomonidan afv etiladi(rasmdagi amakilar).
KIM YOUNG-SAM (1993-1998). Bu rahbarning prezidentlik davri 90-yillardagi Osiyo moliyaviy inqirozi davriga to’g’ri kelgan. Koreya Xalqaro valyuta fondidan 58 mlrd dollar ko’mak olishga majbur bo’ladi. Natijada, davlatni boshqarolmaganligi, hamda o’g’lining korrupsion jinoyatlari tufayli prezidentlikdan ketadi.
KIM DAE-JUNG (1998-2003). Koreyaning ilk Tinchlik Nobel mukofoti olgan prezidenti. Tinchlik sammiti tashkil qilish uchun Hyundai kompaniyasini Shimoliy Koreyaga 400 mln AQSh dollari pora berishga undaydi. O’zi va o’g’illarining uchchovi ham korrupsiyaga aralashishi ortidan istefo e’lon qiladi.
ROH MOO-HYUN (2003-2008). Ushbu prezidentning oila-a’zolari korrupsiya bilan ayblanadi. Ukasi qamaladi. Bu sharmandalikga chiday olmay o’zini tog’ning tepasidan tashlaydi.
LEE MYUNG-BAK (2008-2013). Millarder, sobiq Seul meri hamda Hyundai korporatsiyasi direktori, xalq orasida ulkan obro’ga ega bo’lganiga qaramay, o’zi va oila-a’zolari 10 mln AQSh dollari miqdorida korrupsiyada ayblanadi. Natijada, 76 yoshli LEE 20 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
**
PARK GEUN-HYE (2013-2017). Koreyaning ilk ayol prezidenti. Turmush qurmagan. Davlatga yerga tekkan deyishadi. O’zining shamanist dugonasi orqali juda katta korrupsion jinoyatlar sodir etadi. Turli fond va xayriya tashkilotlari ochib, pora evaziga olingan pullarni shu fond hisob raqamlariga haydaydi. Dugonasi o’z planshetini tushirib qo’yadi. Uning ichidagi fayllar joriy prezidentning hamma ayblarini ochib tashlaydi. Umumiy hisobda 80 mln AQSh dollar pora olgani hamda hokimiyat vakolatlarini o’zining shamanist dugonasi bilan bo’lishgani uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
Lekin, ularning bizdan farqi, bularda korrupsiya oddiy xalqning ko’ziga ko’rinmaydigan, juda yuqori qatlam orasida uchrab turadi. Bular prezident va ulkan biznes korporatsiyalaridir. Hokimlar, ularning o’rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, turli davlat tashkilotlari orasida esa deyarli kam uchraydi.
Yuqoridagi korrupsion jinoyatlarning fosh etilishi hamda, kerak bo’lsa prezidentgacha javobgarlikga tortilishi jamoatchilik nazorati va xalq hokimiyati qay darajada kuchli ekanligini ko’rsatadi.
Manba: @etnosuz