* * *
Ayol atir-upa do’konida o’ziga xushbo’y atir tanlayapti. Sotuvchi unga yaqin kelib so’radi:
— Yordam kerak emasmi?
— Kerak. Erimning e’tiborini tortadigan atir tanlab bering!
— Hidi qanday bo’lsin?
— Bilasizmi… Kompyuter hidi keladigani bo’lsa deyman.
* * *
Vrach qabulida.
— Do’xtir, yuz marta aytdim, men kasalman.
— Yo’q, siz ko’nglingizga yaqin olgansiz. Agar «Men kasal emasman» desangiz, o’zingizni yaxshi his eta boshlaysiz.
— Shunaqami? Unda yaxshi qoling.
— Hoy, maslahat uchun pulni kim to’laydi?
— Siz ham ko’nglingizga yaqin olmay, «Menga pul to’lashdi» desangiz, hammasi yaxshi bo’ladi.
* * *
Imtihonda talaba bironta savolga javob bera olmadi. Jahli chiqib ketgan professor baqirdi:
— Eshak!!!
Va yordamchilariga o’girilib dedi:
— Menga bir quchoq poxol olib kelinglar!
Shunda talaba dedi:
— Menga esa bir piyola qahva keltiringlar!
* * *
— Dadasi, payqadingizmi? Men besh kiloga ozdim!
— Qanday payqay? Kuni bilan ishda edim-ku!
* * *
Bir qiz yaqin dugonasiga dedi:
— Meni kechir, to’yingga bora olmas ekanman. Sharoitim to’g’ri kelmayapti… Lekin ishon, keyingisiga albatta boraman!
* * *
Kechqurun elektr poezd vagoniga bo’yniga do’mbira osgan bolakay kirdi-da, ishdan keyin mudrab borayotgan yo’lovchilarga qarab bor ovozda baqirdi:
— Akalar, otalar! Yo mingtadan so’m bering, yoki hoziroq konsertimni boshlayman!
* * *
Ishyoqmas erkak do’stiga hasrat qila ketdi:
— Har kuni divanda yotgancha bir ko’zim bilan televizordagi futbolni tomosha qilaman, bir qo’lim bilan pivo ichaman, qurt shimaman, oyog’im bilan itning g’ashiga tegaman. Xotinim bo’lsa, kirib keladi-da, «Kuni bilan qimir etmay yotganing yotgan» deb baqiraveradi.
* * *
Kampir nevarasidan so’radi:
— Bolam, meni har gal aqldan ozdiray deydigan nemisning nomi nimaydi?
— Alsgeymer, buvijon, Alsgeymer!
***
Qimmatbaho palto xarid qilgan ayol sotuvchiga dedi:
— Iltimos, mana shu paltoni uyimgacha olib borib bersangiz!
— Xo’p.
— Keyin-chi, mening eshigimni taqillatishdan oldin qo’shnilarimnikiga ham bir-bir mo’ralab qo’ysangiz!
— Nega?
— Paltomni ko’rib kuyib ketishsin deyman-da!
***
Hamma narsasi yetarli yangi boy bir kuni oltin baliq tutib oldi-yu, nima so’rashni bilmay dedi:
— Qani, men uchun uchta tilak o’ylab top!
***
Keksa juhud uzoqlashib borayotgan poezd ortidan ma’yus boqarkan, sekin boshini relsga qo’yib shivirladi:
— Hechdan ko’ra kech-da!