• Izmir va Bodrum, Istanbuldan keyingi MICHELIN Guide mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan ikki yangi turk manzillari sifatida qayd etildi.
• Navbatdagi ikki manzilning bu ro’yxatga kiritilishi, Turkiyaning sayyohlar uchun hayajonli va yoqimli taomlanish nuqtasi ekanini tasdiqlaydi.
• Izmir va Bodrum uchun restoran tanlovlari, 2023 yil 9 noyabrda Istanbulda bo’lib o’tuvchi marosimda e’lon qilinadi.
Michelin, “MICHELIN Guide” Turkiyaning Izmir va Bodrum shaharlariga tomon kengaytirilganligini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Turk Egey va O’rta Yer dengizi oshxona an’analari va milliylikka asoslangan Izmir va uning atrofida ko’plab taomlanish imkoniyatlari, jumladan, maftunkor Urla shahri mavjud. Gastronomik va zamonaviy restoranlardan tortib, yangicha uslubda bezatilgan qahvaxonalar, an’anaviy va mashhur kafelargacha Izmir o’zining turli xil lazzatlari bilan ajralib turadi. Ko’pincha o’z ota merosini zamonaviy tarzda xalqqa yetkazib berishni xohlaydigan, yosh, mahalliy oshpazlar tomonidan boshqariladigan ko’plab restoranlar Egey milliy taomlari, yangi tutilgan baliqlar va vitaminlarga boy salatlarni taklif qilishadi.
Mug’lada joylashgan Turkiyaning eng mashhur sayyohlik markazlaridan biri bo’lgan Bodrumda, osiyo va italiyaliklarning eng mashhurlari bilan xalqaro taomlarni taklif qiluvchi restoranlar, ayniqsa, dengiz lazzatlari bilan tanilgan turk restoranlarining mukammal birlashuvi, noodatiy taomlar sahnasini shakllantiradi. Bu yerda hashamatli dam olish maskanlari, eng yaxshi ovqatlanish tajribalari va boshqalardan ajralib turish, ya’ni, kreativlikka urg’u beriladi.
MICHELIN Guide xalqaro direktori Gvendal Poullennes: «O’tgan yili Istanbulni Turkiyadagi ilk manzil o’laroq qayd etganimizdan so’ng, bizning mutaxassislarimiz Izmir va Bodrumni o’zlarining navbatdagi yo’l xaritalariga qo’yganidan barchamiz mamnunmiz. Darhaqiqat, bu ikki manzil nafaqat unutilmas madaniy va sayyohlik tajribalari uchun kerakli yerlar, balki ayni paytda barcha tomonidan kashf etilishi zarur bo’lgan oshxona sahnalariga ham egadir. Ushbu ikki yangi hududlar MICHELIN Guide oilasiga qo’shilishi ortidan, Turkiyaning e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan gastronomik joylar ekanligi haqidagi xabarni dunyoga yoyishni chin dildan umid qilaman».
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy: “Istanbuldan so’ng, Izmir va Bodrumning «gastro-shahar» sifatida yuzaga chiqqanidan xursandmiz. Mintaqadagi iqtidorli xo’jaliklarning sifati bilan uyg’unlashgan mahsulotlarimiz evaziga o’z mohiyatida barqarorlik tushunchasiga ega bo’lgan oshpazlik madaniyatimizning boyligini dunyoga namoyish eta olamiz. Bu lazzatlarni tatib ko’rish uchun Izmir va Bodrumga keluvchi sayyohlar, Egeyning feruza suvlari, chuqur tarixiy merosi va turizm sifati hamda kruiz sayohatlari bilan hayratda qoladi.» Turk oshpazlik sahnasining o’sib borayotgan salohiyatini ko’rsatadigan bu ikki yangi qo’shilgan manzillardan mamnunmiz va kelgusi yillarda yana ko’plab shaharlar qo’shilishiga ishonamiz».
2022 yilda birinchi marta nashr etilgan MICHELIN Guide Istanbul, Turkiyaning eng yirik shahrining gastronomik xilma-xilligi va taomlarini ochib beruvchi 5 Michelin yulduzli (1 tasi 2 Michelin yulduzli, 4 tasi Michelin yulduzli) umumiy 53 ta restoranlarini taklif etadi. MICHELIN Guide Istanbul turli xil mavsumiy va maxsus taomlarni ta’kidlashdan tashqari, gastronomik bistrolardan tortib, hashamatli va an’anaviy bo’lgan, boshqalaridan ajralib turadigan restoranlarga alohida e’tibor qaratdi.
U qamrab olgan barcha yo’nalishlarda bo’lgani kabi, Izmir va Bodrumning oshpazlik mahoratiga urg’u beradi va MICHELIN Guide tarixiy metodologiyasi asosida ular taklif qilayotgan eng yaxshi restoranlarni tavsiya qiladi. Anonim va mustaqil nazoratchilar, barcha tajribali sanoat mutaxassislari va hozirda Michelin guruhi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ushbu metodologiya, tavsiya etilgan oziq-ovqat sifatiga qaratilgan bo’lib, u 5 mezon bo’yicha baholanadi:
– maxsulotlar sifati;
– pishirish texnikasining mukammalligi;
– lazzatlarning uyg’unligi;
– oshxonada oshpazning mahorati;
– Vaqt va butun menyu davomida izchillik.
MICHELIN Guide Istanbul, Izmir, Bodrum 2024 restoranining to’liq tanlovi 2023 yil 9 noyabrda Istanbulda bo’lib o’tadigan MICHELIN Guide marosimida e’lon qilinadi.
Izmir va Bodrum fotosuratlari uchun:
https://we.tl/t-E3dN75l69D yoki https://sendgb.com/2SpKjnHtOeC