Ilon Mask Twitter logotipi va nomini o'zgartirdi

Avvalroq Twitter brendi bilan xayrlashishga va barcha qushlarni olib tashlashga va’da bergan milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoq logotipini qora fondagi oq X harfi bilan almashtirdi.

Shuningdek, Twitterda yangi domen – x.com paydo bo’ldi.

Yakshanba kuni erta tongda Ilon Mask shunday deb yozgan edi: «Agar bugun kechqurun yetarlicha yaxshi X logotipi taklif qilinsa, ertaga biz uni butun dunyo bo’ylab taqdim etamiz».

U miltillovchi X tasvirini ham joylashtirdi, keyinroq Twitter Spaces audio chatida Twitter logotipi o’zgaradimi degan savolga u «Ha» deb javob berib, buni ancha oldin qilish kerakligini qo’shimcha qildi.

O’tgan yil oktyabrda Ilon Mask Twitterni sotib olgach, kompaniya o’z nomini X Corp ga o’zgartirdi.

Twitterdan hozircha hech qanday izoh berilmagan. Twitter kompaniyasining ko’k qush logotipi uning eng taniqli boyligi ekanligini aytadi: «Shuning uchun biz unga juda yaxshi munosabatda bo’lamiz».

Aprelda qush qisqa vaqt ichida Dogecoin kriptovalyutasining ramzi bo’lgan it Siba Inu bilan almashtirildi, bu esa uzoq vaqt bo’lmasa-da, bu kriptovalyuta qiymatining keskin oshishiga olib keldi.

Yoz boshida Ilon Mask Twitter turli akkauntlarga (pullik va bepul) foydalanuvchilarning kuniga o’qishi mumkin bo’lgan tvitlar sonini cheklashini ma’lum qildi. Bu foydalanuvchilar va sotuvchilar tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo’ldi va Twitterning to’g’ridan-to’g’ri raqobatchisi Mark Sukerbergning Meta, Threads dasturiga besh kun ichida 100 million yangi obunachilarni orttirish imkonini berdi.

O’tgan seshanba kuni Twitterga nisbatan kompaniya sobiq xodimlariga kamida yarim milliard dollar ishdan bo’shatish nafaqasi to’lashi kerakligi haqidagi da’vo qo’zg’atildi. Kompaniyani Ilon Mask sotib olgach, xarajatlarni kamaytirish maqsadida xodimlarning yarmidan ko’pi ishdan bo’shatildi.