iPhone 16 texnik xususiyatlari oshkor etildi

Apple o’z smartfonlarida minimal operativ xotira hajmini oshiradi. Bu haqda MacRumors nashri xabar berdi.

Haitong International Securities investitsiya kompaniyasi tahlilchisi Jeff Pu so’zlariga ko’ra, iPhone 16 liniyasidagi barcha qurilmalar 8 gigabayt operativ xotiraga ega bo’ladi. Qayd qilinishicha, operativ xotirani oshishi iPhone smartfonlarining ko’p vazifali rejimda ishlashini yaxshilashi mumkin.

Shuningdek, Apple smartfonlari keyingi avlodining barcha qurilmalari Wi-Fi 6E texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu standart 6 gigagers diapazonida ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi, simsiz aloqa tezligini oshiradi va to’siqlarni kamaytiradi. Yangi aloqa standarti Wi-Fi 7 bo’lib, u yanada yuqori standartlarni ta’minlaydi, xususan, kanal o’tkazuvchanligi 160 dan 320 megagersgacha oshadi.

Hozirgi avlodda faqat iPhone 15 Pro va 15 Pro Max top-qurilmalarida 8 gigabayt operativ xotira mavjud. iPhone 15 va 15 Plus boshlang’ich modellari 6 gigabayt xotiraga ega. iPhone 16 smartfonlari seriyasi sentyabr oyida taqdim qilinishi kutilmoqda.

2023 yil dekabr oyida MacRumors jurnalistlari iPhone 16 seriyasining barcha modellari bitta A18 protsessoriga ega bo’lishini aytishdi. Chip Tahiti nomi ostida paydo bo’ladi.