Instagram haqida eshitmagan, bilmagan inson bo’lmasa kerak. Undan foydalanmaydiganlar soni ham unchalik ko’p emas, lekin u haqida qanday ma’lumotlarga egasiz? Tarmoqdan foydalanasiz, lekin u haqida o’zi nimalarni bilasiz? O’ylanib qoldingizmi? Quyida Instagram haqida 25 ta fakt keltirib o’tamiz.
1. Instagramda bir kunda 500 mln, bir oyda esa 1 mlrd foydalanuvchi faol bo’ladi;
2. Foydalanuvchilarning 50.3 foiz ayollar, 49.7 foiz erkaklar;
3. Rossiyaliklar Instagramda 37 mln dan ortiq;
4. Tarmoqda 35 yoshgacha bo’lgan foydalanuvchilar miqdori 71%;
5. Instagramdan foydalanishda 18 yoshdan 29 yoshgacha (59%) insonlar birinchi, 30-49 yoshlilar (33%) ikkinchi o’rinda faollik qiladi;
6. Foydalanuvchilarning 60% i tarmoqdan har kuni foydalanishadi;
7. Tarmoqda eng ko’p foydalanuvchiga ega davlatlar: AQSh – 121 million, Hindiston – 71 million, Braziliya – 64 million;
8. Har bir foydaluvchi Instagramga kuniga o’rtacha hisobda 53 daqiqa sarflaydi;
9. Har kuni 500 million foydalanuvchi o’z akkuntiga hikoya joylaydi;
10. Instagram foydalanuvchilari har kuni 4,2 mlrd postga layk bosadi;
11. Instagram foydalanuvchilari tarmoqqa kuniga 100 million post joylaydi;
12. Eslatmali qaydlar 56 % dan ko’proq e’tiborni jalb qiladi;
13. Kamida bitta hashtagli yozuvlar 12,6% ko’proq reaksiyalarni jalb qiladi;
14. Geobelgili postlar 79% dan ko’proq faollikni jalb qiladi;
15. Fotolar videolarga qaraganda 36%dan ko’p layk yig’adi;
16. Instagramdagi eng ko’p layk to’plagan tuxum suratiga tegishli;
17. #love – eng mashhur hashtag;
18. Instagramda eng ko’p obunachilari bor foydalanuvchilar: Krishtianu Ronaldu (birinchi), Ariana Grande (ikkinchi);
19. Instagramda brendlar reklamasi boshqa tarmoqlardagidan kamida 10 marta ko’p;
20. Instagramda 25 milliondan ko’p biznes-profillar mavjud;
21. 70% foydalanuvchi Instagramda brend izlaydi;
22. 80% foydalanuvchi kamida bitta biznes-akkauntga ergashadi;
23. 83 % foydalanuvchilar yangi tovarlar va xizmatlar topishda Instagramga murojaat qiladi;.
24. Instagram 80% foydalanuvchiga to’g’ri xarid uchun ko’maklashadi;
25. 30% dan ko’proq foydalanuvchi xaridini Instagramda mobil telefon orqali amalga oshiradi.
Instagram shiddat bilan o’sishda va o’zgarishda davom etmoqda. Mana nima uchun ma’lumotlarni kuzatib borishimiz va trendlarni tezda sinovdan o’tkazishimiz zarur.