Ilon Mask Tesla hozircha Hertz bilan 100 000 ta elektromobil sotish bo’yicha shartnoma imzolamaganini aytdi. Bitim 4 milliard dollardan oshishi mumkin.
U tvitterdagi sahifasida kompaniya talabi taklifdan oshib ketayotgani, shu bois u elektromobillarni chegirma bilan sotishga tayyor emasligini yozdi.
Kelishuv haqidagi xabardan so’ng Tesla kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshdi, aksiyalar esa hafta davomida 18 foizga o’sdi.
Hertz ham sotib olishdan foyda ko’rishi mumkin – kelishuv qonun qabul qilinishidan bir necha kun oldin e’lon qilingan bo’lib, u kompaniyaga 1,26 milliard dollar soliqni qaytarib beradi.
👉 @Geosiyosatuz
Izohlarni ko`rish