Sobiq sovetlarning Ikkinchi jahon urushi doirasida olib borgan siyosati haqidagi hujjatlar yaqindagina oshkor etildi. Bu hujjatlar orasida nemis bosqinchilariga qarshi kurash jarayonida askarlar, komandirlar, uchuvchilar ko’rsatgan qahramonlik uchun alohida rag’batlantirilgani haqidagi qaydlar ham yo’q emas. Masalan, Berlinni bombardimon qilgan qiruvchi samolyot ekipaji ikki ming rubl miqdorida mukofot olgan. Mukofotlar 1941 yilgi SSSR mudofaa komissariati qaroriga asosan ta’sis etilgan.
Agar harbiy dushman tankini majaqlasa, yoqib yuborsa, portlatsa, xullas, yo’q qilsa, har bir yo’q qilingan dushman tanki uchun komandir, o’qchiga 500 rubldan, qolganlarga 200 rubldan mukofot tarqatilgan. Agar harbiy o’zi yolg’iz holda dushman tankini yo’q qilsa, unga 1000 rubl miqdorida mukofot taqdim etilgan.
Harbiy texnika ta’miri uchun ham alohida mukofot ta’sis etilgan. Agar askar, umuman, jangchi buzilgan og’ir tankni ta’mirdan chiqarsa, unga 350 dan 800 rublgacha mukofot berilgan.
Shu jumladan, Stalinning kichik o’g’li, uchuvchi, general-leytenant Vasiliy Stalinning maoshi haqidagi ma’lumot ham oshkor etilgan. Ma’lumotda Vasiliy o’sha paytda 5095 rubl 84 tiyin maosh olganligi ko’rsatib o’tilgan. U urush davomida 26 marta jangovar parvozni amalga oshirgan. Beshtagacha dushman samolyotini shaxsan o’zi urib tushirgan. Berlinni egallash harbiy harakatlarida uchuvchilar diviziyasiga rahbarlik qilgan.
Bundan tashqari, SSSR ning urush yillarida qilgan xarajatlari ham oshkor etilgan. Masalan, 1941 yili mudofaa maqsadlariga 83 milliard rubl miqdorida mablag’ ajratilgan ekan.
zakon. kz