Mars sayyorasidagi sho’r suvda yashash uchun yetarli miqdorda kislorod mavjud bo’lib, u million yillar oldin Yer yuzida paydo bo’lgan va rivojlanayotgan mikroorganizmlar kabi yashash uchun o’ta muhim hisoblanadi.
“Marsning ba’zi joylarida, mavjud bo’lgan kislorod miqdori hatto hayvonlar yashashi uchun bemalol yetarli”, deb yoziladi “Nature Geoscience” jurnalida.
“Biz Marsdagi yuqori konsentratsiyali tuz bilan suv ustida tadqiqotlar olib bordik va Marsda nafas olish yetarlicha kislorod mavjudligini aniqladik”, deydi AQShning Kaliforniya shtatidagi “Reaktiv harakatlar laboratoriyasi” fizigi Vlada Stamenkovich
Bugungi kunga qadar Marsdagi kislorod miqdorining hatto mikrobiologik hayotni saqlab qolish uchun yetarli emasligi taxmin qilingan edi
“Biz hech qachon Marsdagi atmosfera tarkibida 0,14 foiz miqdorda uchraydigan kislorod miqdori yashash uchun yetarli, deb o’ylamagan edik, – deydi Stamenkovich. – Sababi hayot beruvchi kislorod biz nafas olayotgan havoning 21 foizini tashkil qiladi“.
Ammo so’ngi tadqiqotlar inson Marsda ham nafas olishi mumkinligini ko’rsatmoqda.