Indoneziyada ikki yuz va bir juft miya bir boshda joylashgan chaqaloq dunyoga keldi. Gilan Endika ismli bola Indoneziyaning Batam shahrida tug’ilgan deb xabar bermoqda qalampir.uz
Ayni vaqtda u ikki oylik bo’lgan. Uning ikki qo’li va ikki oyog’i bor. Biroq uning egizagi ona qornida rivojlana olmagani sababli boshi boshqacharoq shaklda bo’lib qolgan. Bunday holat 250 ming odamdan birida sodir bo’ladi.
Xabarda yozilishicha, boshning shakli, bola egizagining yuzi va miyasi mavjudligi go’dakning hayoti uchun xavfli. Negaki, boshda ortiqcha suyuqlik yig’ilishi mumkin. Shifokorlar bu holda bolaning ota-onasiga yordam bera olmasliklarini aytishgan. Chaqaloq shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Izohlarni ko`rish