Pensioner I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo’lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har 2 yilda 1 marotaba qayta hisoblab chiqiladi.
Bunda pensiyani qayta hisoblash «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risidagi» Qonunning 17-moddasida ko’rsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Masalan, Qonunning 17 moddasiga muvofiq ish staji 7 yil bo’lgan 35 yoshdagi nogironligi bo’lgan shaxsga nogironlik pensiyasi tayinlandi. Ushbu shaxs unga pensiya tayinlangandan so’ng kamida 1 yil davomida ishlagandan so’ng o’z pensiyasini qayta hisoblash uchun ariza berish huquqiga ega bo’ladi.
Izohlarni ko`rish