Hindistonlik ekspert Said Naqi Abbas: «O'zbekiston o'zining aynan milliyligi bilan butun dunyoga tanilmoqda»

– Men O’zbekistondagi kongressga 3-bor tashrif buyurishim. Va har kelganimda o’zgacha zavqni his etaman. Ayta olamanki, bu mamlakat madaniy merosni asrash va tadqiq qilish borasidagi ishlari bilan butun dunyoga o’rnak bo’la oladi.

Bu yerning hunarmandchiligi haqida to’xtaladigan bo’lsam, kashtachilik – ya’ni ipak va paxta matolardan tayyorlangan yumshoq liboslar meni o’ziga ohangrabodek jalb etadi. O’zbekiston o’zining aynan milliyligi bilan butun dunyoga tanilmoqda deyish mumkin. Qolaversa, bu yerning taomlari ham Hindiston taomlariga juda yaqin. Shuning uchun menga juda yoqadi.