Google shifokorlarning tushunarsiz husnixatini tarjima qiladi

Google Lens — aqlli kamera. U tovarlarni belgilaydi, matnlarni tarjima qiladi va kerakli ma’lumotni izlashga yordam beradi. Shuningdek, doktorlarniki kabi tushunarsiz yozuvlarni o’qiy oladi.

Sun’iy intellekt tizimi shifokor reseptini rasmga tushirish va kamera orqali yozilgan dorini topish bilan vazifasini bajaradi. Bunga erishish uchun jahon farmatsevtlari bilan hamkorlik o’rnatilgan.

Hozirda funksiya hind tilida ishlamoqda. Kelasi yildan rus, ingliz va Yevropa tillarida paydo bo’ladi.