Nexia/Aveo tez orada tarixga kirishi 2018 yilda ma’lum bo’lgandi. O’shanda “Chevrolet” kompaniyasiga egalik qiluvchi “General Motors” yengil avtomobillar ishlab chiqarishdan voz kechish va asosiy e’tibor krossoverlar, yo’ltanlamaslar va elektromobillar qatorini kengaytirishga qaratilishini e’lon qilgandi. “Chevy Spark” AQSh bozorida 2022 yilgi model yili tugagandan so’ng ishlab chiqarish to’xtatiladi. Kamlitrajni ishlab chiqarish 31 avgust kuni GMning Janubiy Koreyadagi Changvondagi zavodida yakunlanadi.
Shu faktlarni hisobga olgan holda, O’zbekistonda ham Chevrolat Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarishni to’xtatish mantiqan to’g’ri. GM tomonidan ushbu modellarning global konveyerlardan olib tashlanishi ushbu avtomobillar uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni, shuningdek, ularni yanada texnik takomillashtirishni to’liq to’xtatilishini anglatadi.
“Hamyonbop narxda qulaylik, funksionallik va uslubni izlayotgan mijozlar Chevrolet’ning ixcham yo’ltanlamaslari ichida yaxshi tanlov imkoniyatiga ega bo’lishda davom etishadi”, dedi kompaniya matbuot kotibi Kevin Kelli.
Bu qadam ajablanarli emas, chunki GM bir necha yillardan buyon mashhur bo’lmagan avtomobillardan voz kechmoqda. Detroyt avtomobil ishlab chiqaruvchisi avvalroq Chevy Cruze, Sonic va Impala avtomobillarini ishlab chiqarishni to’xtatib, o’z ro’yxatida uchta avtomobilni qoldirgandi: Samaro, Corvette va Malibu.
«Bu GMning, xuddi mahalliy raqobatchilari kabi, ko’pgina avtomobillarini o’z qatoridan olib tashlash tendensiyasiga mos keladi, – dedi “Cox Automotive” kompaniyasining ijrochi tahlilchisi Mishel Krebs Spark ishlab chiqarishni tugatish haqidagi bayonotida. – Spark savdolari hech qachon katta bo’lmagan va tushib ketgan”.
2021 yilda GM atigi 24 459 dona Spark sotdi, bu o’tgan yilga nisbatan 27 foizga kam. To’rtinchi chorakda GM 1500 dan kam avtomobil sotdi. GM 2012 yilda Spark’ni AQSh bozoriga chiqargan.
Chevrolet Nexia “klonlari” bilan ham vaziyat xuddi shunday – Hindiston kabi eng yirik bozorlarda sotuvlar 2011 yilda 140 taga tushib ketgan.
«COVIDdan avvalgi davrda Chevy Spark avtomobili har chorakda 5,000 dan 11,000 gacha sotilardi, bu odatda chorakda yarim millionga yaqin avtomobil sotadigan brend uchun okeandagi tomchidir”, dedi Krebs.
“Kelley Blue Book” nashriga ko’ra, Spark Amerikaning eng arzon avtomobili bo’lgan, endi Mitsubisi Mirage o’rtacha 16 600 dollar narxda ushbu nomga ega bo’ladi.