Bu qo’g’irchoq tarixi 1918 yilga borib taqaladi. O’shanda 17 yoshli Yeykechi Suzuki ikki yashar sevimli singilchasi Okikuga qo’g’irchoq sovg’a qilgandi. Qizaloqqa bu qo’g’irchoq shu qadar yoqib qoldiki, kechalari ham uni mahkam quchib uxlaydigan bo’ldi. Keyinchalik sevimli qo’g’irchog’iga o’zining ismini berdi. Qo’g’irchoq ham Okiku bo’ldi. Afsuski, ajoyib kunlarning birida qizaloq grippning o’tkir turini yuqtirib oldi-yu, oradan hech qancha o’tmay olamdan o’tdi. Ota-onasi marhuma qizining xotirasi uchun qo’g’irchoq Okikuni uyning to’riga joylashdi. Oradan ma’lum vaqt o’tib g’alati hodisalar yuz bera boshlaganini payqab qolishdi. Qizning qop-qora, silliq sochlari kunga kunga o’sib borayotgandi. Avvvaliga ishonishmadi. O’lchov uskunasida o’lchab ham qo’yadigan bo’lishdi. Ertasiga sochlarning uzunligi uskuna belgilagan o’lchovdan sezilarli darajada o’sib qolganini payqashdi. Qisqa vaqt ichida sochlar Okikuning tizzasiga qadar yetdi. Yana bir narsa ajablanarli ediki, sochlar o’sgani sari marhuma Okikuning sochlariga quyib qo’ygan kabi o’xshay borardi.
— Qizim Okukining ruhi qo’g’irchoqning vujudiga joylashib olgan, — deya hayqirdi onasi. — Ha, shunday bo’lgan. Okikuni hech kim xorlamasin! Xorlaganni kechirmayman! Qo’g’irchoq aslida endi qo’g’irchoq emas, mening o’lib ketgan qizim Okuki bo’ladi!..
1938 yili bu oila Saxalinga ko’chib o’tdi. Ammo qo’g’irchoq Okikuni o’zlari bilan olib ketishga qo’rqishdi. Er-xotin maslahatlashib uni Mannedzidagi ibodatxonada qoldirishdi. O’shandan beri qo’g’irchoq Okiku ibodatxonaning eng baland yeriga o’tqazib qo’yilgan. Sochlari baribir o’sishda davom etavergani sababli tez-tez sartarosh kelib ularni qirqib turadi.
Buni ufolog olimlar ham rasman tan olishdi. Ularning aytishicha, ikki dunyo oralig’ida qolib ketgan uch yashar qizaloq suyukli qo’g’irchog’ining vujudiga kirib olgani rost. Bundan tonib bo’lmas ekan.