O’zbekiston fuqarolarida qaysi rusumdagi avtomobillar soni ko’p ekani aytildi. Davlat statistika qo’mitasi tegishli ma’lumotlarni ochiqladi.
Statistika qo’mitasi 2021 yilning 1 yanvar holatiga O’zbekiston bo’yicha jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan eng ommalashgan yengil avtomobillar turi va sonini ma’lum qildi.
Qo’mita xabariga ko’ra, avtomobillar turi va soni quyidagicha ko’rinish oldi:
“Nexia” – 637 547 dona;
“Damas” – 429 404 dona;
“Matiz” – 288 685 dona;
“Lacetti” – 282 929 dona;
“Cobalt” – 267 948 dona.
Avvalroq, hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni ma’lum qilingandi.
Manba: Stat.uz
Izohlarni ko`rish