Fe'l-atvordan so'zlovchi ichimliklar

Olimlarning aniqlashlaricha, insonning sevimli ichimligi uning fe’l atvori haqida ko’p narsani aytib berishi mumkin ekan…

Choy ishqibozlari
Choyxo’rlik qilishni hush ko’ruvchilar ochiq yuzli, oqko’ngilgina bo’lib qolmay, qiziqarli suhbatdoshdirlar. Bunday kishilar yolg’izlikdan ko’ra jamoaviy ishlarni hush ko’radilar.

Fe'l-atvordan so'zlovchi ichimliklar
Qahva
Qarshingizdagi inson qaxvaho’r bo’lsa, bilingki uni boshqarish oson ish emas. Bu toifa kishilarning aksariyati ijodiy faoliyat turlari bilan shug’illanuvchi  va o’ziga ishongan shaxslardir. Bundan tashqari ular juda ma’suliyatili va murakkab fe’l atvorli insonlardir.

Fe'l-atvordan so'zlovchi ichimliklar

Suv
Suvni salomatligi haqida qayg’uruvchi insonlar sevib ichishadi. Ularning aksariyati sport bilan muntazam shug’illanishadi. Ularning fe’l-atvoridagi qaysarlik o’zgalardan ajralib turishlariga sabab bo’ladi.

Fe'l-atvordan so'zlovchi ichimliklar

Sharbat
Mevalardan tayyorlangan sarxil sharbat ichishni hush ko’radiganlar hushxulq va xazilkash insonlardir. Ular bilan ishlash, do’stlashish yoqimli. Chunki ular har qanday vaziyatda ham atrofdagilarni qo’llab quvvatlashga tayyor bo’ladilar. Biroq fe’l – atvordagi romantikaga moyillik ba’zi hollarda ma’suliyatsizlikka olib kelishi ham mumkin.

Fe'l-atvordan so'zlovchi ichimliklar

Shirin gazli suv
Shirin gazli suvlarni (pepsi, kola, fanta kabilar) odatda hushchaqchaq, yangilikka intiluvchan, e’tibor markazida bo’lishga intiluvchan insonlar tanlashadi. Bunday insonlar haddan ortiq faol fe’l-atvor bilan o’zgalardan keskin farq qiladi.

Fe'l-atvordan so'zlovchi ichimliklar