2019 yil o’zi bilan juda katta rezonasga sabab bo’ladigan kashfiyotlarni olib kelishi kutilmoqda. Ular Genetika, Fazo va Arxiologiya sohalaridir.
Hozirda butun dunyo diqqati Xitoyga qaratilgan, ular OY loyihasi va geni qayta ishlanib dunyoga kelayotgan chaqaloqlar loyihalari ustida faol va shu bilan birga juda xavfli tajribalar olib borishyabdi.
Geni qayta ishlanib dunyoga kelgan egizaklar, hozirgi kunda davosiz hisoblanayotgan OITS hamda VICh kasalligi bilan umuman og’rimasligi buni yaqqol tasdig’idir. Yana olimlar bu genni qayta tiklash usuli o’zidan hech qanaqa salbiy holat keltirib chiqarish yoki chiqarmasligini ham o’rganishyabdi.
Xe Szyankuya so’zlariga qaraganda CRISPR-cas9 usulini ular dastlab bakterialar ustida tekshirishlar olib borishyotganda kashf etishgan. Bu usul bilan har qanday DNK ni o’zgartirish mumkin bo’lgan.
CRISPR-cas9 insoniyatga nasliy kasalliklardan qutilishga umid berdi deb xisoblashyabdi.