​​Erkaklar gapirmaydigan qo'rquvlar

Odatda, biz ishonchsizlik haqida gapirganda, biz ayollarni nazarda tutamiz – aslida ular erkaklarnikidan ko’ra ko’proq buni ochiq gapirishadi. Ammo erkaklarda ham o’zlarining qo’rquvlari va hayojonli vaziyatlari bor, bu hatto psixologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular nimalar haqida sukut saqlashadi?

1. Tana ko’rinishi

Bu qo’rquv, asosan, ayollarga tegishli: ular qanday qilib kiyinish kerak, o’zlarini qarashlari va his qilishi kerak. Ammo erkaklar bundan ham azob chekishar ekan. Masalan, ular juda nozik bo’lishni yoki kattaro qorinchaga ega bo’lishni xohlamaydilar. Va ular ham ayollar uchun jozibali va yaxshi ko’rinishga intilishadi.

2. Pul

Ijtimoiy bosim erkaklar uyga pul olib kelish kerak deb o’ylaydi. Ularning moliyaviy ahvoli-juda achinarli joy hisoblanadi. Bundan tashqari, dunyoning aksariyat mamlakatlarida odatda birinchi uchrashuvda kechki ovqat uchun erkak to’lashi kerak. Umuman, pul masalasi ularni juda zaif va bu narsa inson o’ziga ishonchsizlikni uyg’otadi.

3. Bo’y

Ha, ular bundan ham azob chekishadi, chunki ular bu ko’rsatkichni ayollarni jalb qiladigan asosiy fazilatlardan biri deb hisoblashadi, garchi bu hol juda uzoqdir. Baland yoki pastligi muhim emas, muhimi yurak yoki qalb – bu munosabatlarda katta ahamiyatga egadir.

4. Rashq

Ko’pgina erkaklar o’z juftini rashq qiladi va oddiy boshqa inson shunchaki gaplashganda ham, erkak o’z juftini rashq qilishi mumkin. Shuning uchun, qizlar kursdosh yoki hamkasblari bilan uchrashganini aytganda, erkak kishi rashq qilishni boshlaydi va bu narsalar erkaklarni tashvishlantiradi.

5. Yetarli tajribaga ega bo’lmaslik

Qizlar bilan gaplashish tajribasiga ega bo’lmaslik qo’rquvi ko’plab eraklarga haqiqiy stressni keltirib chiqaradi. Ular har qanday vaziyatni yengish uchun yashirincha qo’rqishadi. O’zingizni bo’sh tuting! Yuzlab qizlarni hayojonga soluvchi “kachok” odamning qiyofasi uzoq muddatli munosabatlar uchun emas, balki faqat vaqtinchalik gap otish uchun jozibadordir.

6. Sochlar

Tananing sochlari juda jasur erkakning alomati hisoblanadi, ammo erkaklar qizlarga bu narsa qanchalik jozibali ekanligiga amin emas. Yana bir jiddiy falokat soch to’kilishidir. Va bu haqiqiy travma bo’lsa-da, ammo kal erkaklar ba’zida juda yoqimtoy va jozibali ko’rinishi mumkin. Shuning uchun bunday muammolarni eslash, o’zingizni hurmat qilishni sezilarli darajada kamaytiradi.

7. Parxez

Odatda ayollar dietada ekanliklarini aytishadi, chunki erta yoshdan boshlab ular ideal qaddi-qomatning ahamiyatini eslashadi. Agar erkak dietada o’tirsa, bu g’alati ko’rinadi. Lekin, aslida, ular ko’p ovqatlanishdan xavotirga tushishadi, shuning uchun ular ovqatlanishda cheklanishadi yoki sport zaliga borishadi.

8. Munosabatlar

Ko’pgina ayollar jurnallarida asosan munosabatlarni qanday saqlab qolish yoki ularni qanday qilib qo’llab-quvvatlash haqida yozadilar. Bu mavzu bo’yicha gapiradigan erkak, dieta holatlaridagi kabi, juda g’alati ko’rinadi. Shunga qaramay, erkaklar ham shu kabi narsalar haqida tashvishlanishadi. Ular drama va janjallarsiz mustahkam munosabatni o’rnatishni istaydilar. Va ular ham sevilishni istashadi.

9. Emotsiyalarning ifodasi

Inson bolaligida necha marta «Yig’lama, sen erkaksan» iborasi aytiladi? Bu ularning butun hayotiga ta’sir qiladi. Ular his-tuyg’ularni ichkarida saqlaydi va deyarli hech kimga ko’rsatmaydi. Aslida, erkaklar ayollarga qaraganda ko’proq sevishi mumkin, lekin ular bu zaifliklarini namoyish qilmaslik uchun, o’z hislarini xavfsiz qulf ostida saqlashda davom etadilar.

loading…