Eng yosh talaba

Joshua Bekford olti yoshida birinchi marta Oksford universitetiga qabul qilingan eng yosh talaba sifatida xalqaro nashrlar e’lon qildi. Uning otasi Oksford universitetida 8 dan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan dastur haqida eshitib qoldi. U ushbu nufuzli universitetga o’sha dastur uchun belgilangan yoshdan kichik bo’lsa ham, bolasini qabul qilish umidida xat yozdi va o’qishga qabul qilindi. Vunderkind bola falsafa va tarix fanidan saboq oldi va ikkalasidan ham a’lo baholar oldi.

 

Autizm bilan kasallangan kichkina daho allaqachon jamiyatga ta’sir ko’rsatgan dunyodagi eng ko’zga ko’ringan bolalardan biri hisoblanadi..Uning otasi, o’g’li 1 yoshga to’lmasidanoq o’z qobiliyatlarini ko’rsata boshlaganini aytadi. Uch yoshida ingliz tilini yaxshi o’zlashtirdi, yapon va boshqa xorijiy tillarni o’rganishni davom ettirdi. Hayratlanarli qobiliyatli bola juda ilg’or bo’lgani uchun uy sharoitida o’qigan. U kelajakda neyroxirurg bo’lishni orzu qiladi.