Bu qiziq

Eng xavfli mobil dasturlar qaysi ekanligini bilasizmi?

Комментариев нет

Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar korporativ mijozlar uchun xavf solishi mumkin bo’lgan eng xavfli mobil dasturlar ro’yxatini tuzishdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Mutaxassislar iOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar uchun eng xavfli dasturlar sifatida WhatsApp va Facebook Messenger messenjerlarini aytishgan. Antireytingning 3-o’riniga Waze navigatsion dasturi qo’yilgan.

WhatsApp va Facebook dasturlari Android-smartfonlar uchun ham eng xavfli dasturlar deb topilgan. Biroq bu yerda 3-o’ringa Telegram qo’yilgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Waze va Telegram ushbu reytingga ilk bor kiritilgan.

Facebook va WhatsApp dasturlari 10 balldan 7 ball olgan. Katta ball olish bu dasturlar korxona bilan bog’liq ma’lumotlarni ma’lumotlar serveriga jo’natishi mumkinligini yoki xavfsizlik siyosatiga mos kelmasligini anglatadi. Misol uchun, reytingga kiritilgan ko’plab servislar manzillar kitoblari va SMS-xabarlarni yot serverlarga jo’natadi va HTTPS bayonnomasini o’chirib qo’yadi.

Mutaxassislar, shuningdek, korxonalar ma’lumotlar chiqib ketishi oldini olish uchun o’zlari mustaqil ravishda qora ro’yxatga kiritadigan dasturlar toifasi haqida ma’lum qilishgan. Bunday taqiqlovga ko’pincha messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar mijozlari va onlayn-tanishuvlar uchun servislar tushadi.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Krishtianu Ronaldu mehmonxona xodimiga 20 ming yevro choy puli berdi
200 xil ovozni o’xshatadigan qiz internet dunyosini hayratlantirmoqda (video)
Меню