Prezident “Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonni imzoladi.
Unga ko’ra:
Bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 1 sentyabr kunidan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo’lgan bolalarning madaniy meros ob’yektlariga, jumladan ko’rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to’lovsiz kirish tartibi joriy etilmoqda.
Mazkur tartib yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 78-moddasida belgilangan.
Izohlarni ko`rish