Messi yana bir sovrin egasiga aylandi

«PSJ» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi «Laureus» tomonidan yilning eng yaxshi sportchisi sovrinini qo’lga kiritdi.

Bugun, 8 may kuni 2022-2023 yillarda sportdagi yutuqlar uchun beriladigan Laureus World Sports Awards 2023 mukofoti topshirildi.

2022 yilda Messi Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylandi. Qatarda u 7ta o’yin o’tkazib, 7ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.