image0

Britaniyalik 23 yoshli Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etgan eng yosh ayolga aylandi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Qayd etilishicha,  joriy yilning 9 oktyabr kuni ayol mo‘ljaldagi so‘nggi nishon — Tibetdagi Shishapangma cho‘qqisiga chiqqan.
“Shu voqeadan so‘ng Adriana Braunli quvonganidan yig‘lab yubordi. Chunki 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqini zabt etish — har qanday alpinistning orzusidir”, deyiladi xabarda.

2021 yilning mayida, 20 yoshida Everestni zabt etgan Adriana keyingi uch yil davomida qolgan “sakkiz mingliklar”ni birin-ketin ishg‘ol qilgan.

Dengiz sathidan 8000 metrdan baland cho‘qqilar dunyoda 14 ta bo‘lib, barchasi Nepal, Tibet (Xitoy), Hindiston va Pokiston hududlaridagi Himoliy va Qoraqurum tog‘larida joylashgan. Jomolungma (Everest) — 8 849 m, Chogori (K2) — 8 611 m, Dxaulagiri — 8167 m, Nangaparbat — 8126 m shular jumlasiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 18 yoshli nepallik Nima Rinji 9 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan 6:05 da sherigi Pasang Nurbu bilan 8,027 metr balandlikdagi Shisha-Pangma cho‘qqisini zabt etib, bunga erishgan eng yosh odam bo‘lgandi.