Michigan shtatining Iqtisodiy rivojlanish departamenti avtomatik rejimda elektromobillarni simsiz quvvatlantirishni amalga oshirishga qodir tajriba yo’lini qurish loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Mutaxassislarning fikricha, o’ziga xos yo’l qoplamasi haydovchilarga quvvat tugab qolishidan xavotirlanmaslikni ta’minlaydi, deb xabar beradi Motor.
Loyiha tashabbuskorlarining g’oyasiga ko’ra, yo’l qoplamasiga uyg’unlashtirilgan simsiz quvvatlantirish tizimi harakat vaqtida istalgan turdagi elektromobillarni quvvatlantira oladi. Texnologiya haydovchilarga quvvatlantirish stansiyasi joylashgan hududlarini qidirishga imkon qoldirmaydi. Bu kabi infratuzilmaning rivojlanishi ham xususiy, ham tijoriy batareya transportlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Yaqin kunlarda shtatning Transport departamenti texnologiya ixtirosi, sinovi va joriy etilishi bo’yicha arizalarni qabul qiladi. Birinchi bosqichda shtatdagi trassaning bir qismiga simsiz quvvatlantirgich o’rnatilgan 1,5 kilometrli yo’l quriladi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, bu kabi texnologiyadan avtotrassalarda foydalanishga o’tiladi.
Shvetsiyaning Gotland oroli, Tel-Aviv va Germaniyaning Karlsrue shahrida bu kabi simsiz quvvatlantiruvchi yo’llar borligiga qaramay, mazkur texnologiya hali dastlabki bosqich jarayonida.