Bu haqida Zamon.uz xabar qilmoqda.
Germaniyada natsistlar konslagerining sobiq qo’riqchisi Yozef Shyuts vafot etdi. U eng keksa yoshda qamoq jazosiga hukm qilingan fuqaro sifatida rekord o’rnatgan.
Shyuts o’tgan yil 102 yoshida sudlangan. Ammo u qamoqqa olinmagan edi. Chunki ayblanuvchi sud qarori ustidan apellyatsiyaga ariza topshirgan. U umrining oxirigacha lager qo’riqchisi bo’lganini inkor qilib kelgan.
Shunga qaramay, o’tgan yil iyun oyida unga 1942/45 yillarda Zakseexauzen lagerida ishlagani va 3,5 ming odam o’limiga aloqadorligi uchun 5 yil qamoq jazosi berilgan edi.
Izohlarni ko`rish