1993-yilda Hindistonning Nurpur shahrida tug’ilgan Akrit Yasval mamlakatdagi eng aqlli bola (IQ 146) hamda jahondagi eng yosh shifokor hisoblanadi. Bolaligida tibbiy adabiyotlarni mustaqil o’qishga qiziqqan Akrit 5 yoshidayoq anatomiyadan yetarli bilimga ega edi.
Kunlarning birida uning qo’shnisi – 8 yoshli qizaloq qo’lini qattiq kuydirib oladi. Qizcha ilvirab qolgan barmoqlarini sira harakatlantirolmaydi. Shunda Akrit qo’shni qizning barmoqlarini ajratib, yana joyiga solib qo’yadi. Barmoqlar yana harakatlana boshlaydi. Shu tariqa bo’lajak shifokor 7 yoshida ilk jarrohlik amaliyotini o’tkazgan!
Akrit 12 yoshida tibbiyot universitetiga qabul qilinib, 17 yoshida amaliy kimyo sohasida magisterlik darajasini olgan.
Hozirda u saratonga qarshi dori vositasini yaratish ustida ish olib borayotgan ekan.
Manba: @Tafakkur3