Ginnesning rekordlar kitobiga noodatiy, shu bilan birga, juda qimmat bo’lgan buyum kiritildi. Yaqinda oltindan yasalgan hamda yoqut va olmos bilan bezatilgan noyob choynak haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Choynak 3 million dollarga baholangan va eng qimmat choy ichadigan buyum sifatida qayd etilgan. Ginnes kitobi veb-saytidagi ma’lumotlarga ko’ra, choynak N Sethia Foundation’ga tegishli, u tibbiy tadqiqotlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Shuningdek, tashkilot san’atni qo’llab-quvvatlaydi va insonlarga tabiiy ofatlarda insonparvarlik yordamini beradi.
Bu qimmatbaho buyumni yaratishda italiyalik zargar Fulvio Skavia ishtirok etgan. Choynakni yaratish uchun juda ko’p vaqt kerak bo’ldi, chunki u qo’lda yaratilgan va faqat eng yuqori standartdagi oltin, shuningdek, zargarlik buyumlari bilan qoplangan kumushdan yasalgan.
Umuman olganda, buyum tabiiy olmos bilan qoplangan, unda 6,67 karatlik katta qimmatbaho yoqut mavjud. Choynak qopqog’ining yuqori qismi mayda yoqutlar va olmoslar bilan bezatilgan. Noodatiy tutqich toshga aylangan mamont suyagidan yasalgan va tabiiy rangga ega.
Choynak milliarder Nirmal Setiyaning shaxsiy kolleksiyasidan joy olgan, u N Sethia Foundation xayriya tashkilotining direktori hisoblanadi.