Dunyodagi eng katta aysberglardan biri parchalanmoqda

Dunyodagi eng katta aysberglardan biri parchalanmoqda, deya xabar berdi “BBC”.

Olimlarning kuzatishlariga ko’ra, Janubiy Atlantikada qalqib turadigan A68a aysbergida yirik yoriqlar paydo bo’lgan va parchalangan bo’laklar turli taraflarga oqib ketmoqda.

Ta’kidlanishicha, agar aysberg bo’laklari suv sayoz hududlarga oqib borsa, bu qirg’oqdagilar, pingvinlar va baliqlar uchun muammo bo’lishi mumkin.