Bu savol Gogenni taniydiganlar uchun juda qiziq. Chunki Rossiyada aksariyat odamlar Gogenni qaysidir kelishgan, go’zal, yosh va navqiron qizning eri sifatida sira tasavvur eta olishmaydi. Mana, ma’lum bo’ldi. Janjalkash, janjallashganda ham asosan ayollar bilan aytishishga usta 37 yoshli shoumen Gogen Solnsevning rafiqasi 63 yoshli Yekaterina ekan. U ham qachonlardir «Dom-2» shousida faol ishtirok etgan. Hoynahoy, ular o’sha loyihada tanishib bir-birlariga ko’ngil qo’ygan bo’lsalar kerak.
— Yekaterina har qanday yosh qizning o’rnini bosa oladi, — deydi Gogen faxrlanib. — Ilk uchrashuvimiz hali-hali esimda. Biz o’shandan beri oramizdagi farq kattaligini umuman sezmaymiz. Aytgancha, biz farzandli bo’ldik…
Aytishlaricha, ular anchadan beri uchrashib kelishgan. Uch oy burugina turmush qurishibdi. Shundan beri Gogen janjalkash faqat Yekaterina bilan birga ekan. Ular goh dengizga cho’milish uchun jo’nab ketishadi, goh birga futbol tomosha qilishadi. Yekaterinaga Gogenning alohida uqalash muolajalari juda yoqarkan.
— To’g’ri, — deydi Yekaterina. — Gogen juda injiq. Uyda bir chimdim chang ko’rsa ham menga baqira ketadi. Biroq men achchiqlanmayman. Hali yosh-da! Qoni qaynoq! Mana, farzandli ham bo’ldik…
Mana shu yerda tanaffus qilish kerakka o’xshaydi. To’g’ri, yaqinda «Rossiya-1» telekanali orqali ularni bolalar aravachasi yetaklagan holda ko’rsatishgan. Lekin bunga hech kim ishonayotgani yo’q. Negaki, Yekaterinaning turish-turmushi ko’rinib turibdi. Bu jussa bilan, qolaversa, 63 yoshda farzandni dunyoga keltirishi amri mahol. Hoynahoy, qaysidir ayolga pul berib bolani dunyoga keltirishgan bo’lsa kerak. Nima bo’lganda ham bu juftlik o’zlarini juda baxtli his etishmoqda.