image0

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,76 so‘mga balandladi va 12 947,20 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 30,04 so‘mga pastlab, 14 222,50 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,14 so‘mga pastlab, 153,38 so‘mni tashkil etdi.