Diametri 570 metr bo'lgan asteroid Yer yaqinidan uchib o'tadi

10 avgustda 2006 QQ23 asteroidi sayyoramizdan bor-yo’g’i 0,049 astronomik birlikka (7,3 mln km) teng masofadan soatiga 16740 km tezlik bilan uchib o’tadi.

Bu masofa sayyoramiz ko’lamida uncha yaqindek tuyulmasa-da, biroq samo jismini yer atrofi ob’yekti deb tasniflash uchun yetarlidir. Bundan tashqari, asteroid Yerdan 0,05 astronomik birlikdan kichik masofada uchib o’tgani sababli u xavf solishi mumkin bo’lgan asteroidlar qatoriga kiritiladi.

Asteroidning diametri 570 metrga yaqin bo’lib, u Nyu-Yorkdagi Empayr-steyt-bilding osmono’par binosidan (443 metr) ham kattaroqdir. NASAda ta’kidlanishicha, ushbu ob’yekt sayyoramizga hech qanday xavf solmaydi.
AQSh koinot agentligi Yerga yaqin uchib o’tuvchi kometa va asteroidlarni, birinchi navbatda, ular bevosita xavf solgani uchun emas, balki bu ob’yektlar kelgusida xavf solmasligiga ishonch hosil qilish uchun kuzatishadi. Har yili 2006 QQ23 asteroidi o’lchamidek keladigan o’rtacha 6 ta samo jismi Yer yaqinidan uchib o’tadi.